×
Заболевание: Quloq, burun, tomoq kasalliklari
Общая информация

Ottorinolaringologiya –quloq, burun, tomoq va uning atrofidagi a'zolar kasalliklarini o‘rganadi. Bu soxa bir necha qismlarga bo‘linadi

1 Audiologiya-eshituv fiziologiyasi uning buzilishi va shunga aloqador kasalliklarni o‘rganadi

2 Foniatriya-ovoz fiziologiyasi uning o‘zgarishi bu kalriklarni keltirib chiqargan kasalliklarni o‘rganish

3 Surdologiya-quloq og‘ir bo‘lib qolishi karlik sabablarini o‘rganish 

Quloq, burun, tomoq - soxasida uchrab turadigan kasallar

Tomoq kasalliklari

  • tonzilit
  • faringit
  • ovoz burmalarini polipi
  • halqum granulyomasi
  • laringit
  • halqum o’smasi
  • hurrak
  • adenoid

 

Quloq kasalliklari

  • otit
  • evstaxit
  • otomikoz
  • neyrosensor karlik
  • Men’er kasalligi
  • karlik
  • eshituv nervini nevriti
  • otoskleroz
  • quloq probkasi
  • quloq travmasi

Burun kasalliklari

  • rinit
  • sinusit
  • sfenoidit
  • burun to‘sig‘ini qiyshiqligi
  • burun halqum va burun oldi bo’shliqlarini saratoni
  • polip va kistalar
  • etmoidit
  • gaymorit
  • frontit

Otolaringologiyada umumiy tekshirish usullari

  • ko‘rik,anamnez yig‘ish
  • quloq, burun va tomoq endoskopiyasi
  • audiometriya
  • laborator tekshiruvlar o‘tkazish
  • Rentgenografiya, MRT,KT, PET

Lor kasalliklarini keltirib chiqaradigan asosiy sabablar:

  • mavsumiy havo o‘zgarishi
  • zaif immunitet
  • bakteriyalar,viruslar
  • allergik xolatlar
  • stressli xolatlar

 

Kasallikning asosiy belgilari

  • tomoq og‘rig‘i
  • nafas olishda qiyinchilik
  • eshitish buzilishi
  • tananing zaifligi
  • bosh og‘rig‘i
  • hid bilishning buzilishi
  • qon ketishi va b.

Sinusit

Sinusit –bu burun sinuslarining yallig‘lanishi xisoblanadi. Kasallikda bir yoki bir nechta sinuslar zararlanadi, burun suyuqligi oqadi, bosh og‘rig‘i va tana xarorati ko‘tariladi. Bu kasallikni ko‘pchilik o‘zi uyda daolamoqchi bo‘ladi, chunki bu keng tarqalgan kasallik xisoblanib ko‘pincha yengil formasi uchrab turadi. Ko‘pchilik bilmaydiki bu kasallikning asoratini og‘ir kechishini , shuning uchun ham yengil formasida ham shifokorga murojat qilish kerak.

Quloq otiti

Quloq otiti – quloqning yallig‘lanishi o‘rta, ichki, va tashqi quloqlarning. Quloq kasalliklaridan bu eng ko‘p uchraydigan kasallardan biridir,otitning belgilari

  • quloqda shovqin bo‘lishi
  • eshitish qobiliyatini pasayishi
  • turli darajadagi quloq og‘rig‘i
  • yiringli oqindi
  • isitma
  • ishtahasizlik

Davolanish maqsadida shifokor maslaxatini olish joizdir.

Poliplar

Burun poliplari – gistaminlar va bishqa yallig‘lanish vositachilari ta'siri ostida burun va paranazal sinuslarda bez to‘qimalarini ko‘payishi. Bemor nafas qisilishi, hidning o‘zgarishi va burunning ko‘p miqdorda oqishi xaqida shikoyat qiladi. Bunda endoskopik ,rentgen usullarida tekshiruv olib borib bemorning va kasalning kechish darajasiga qarab davolash usullarini olib boradi.

Qulok og‘riqlari turli sabablarga ko‘ra har xil bo‘ladi, uning asl sababini tushunish, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va quloq og‘rig‘ini samarali davolash faqat shifokor tomonidan olib boriladi, tezda mutaxasisga murojat qilishlik eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Halqum saratoni

Xalqum va tomoq saratoni xavfli o‘sma kasalligi xisoblanib u tomoq to‘qimalarini zararlanishi bilan kechadi. Kasallikda tomoq, bodom simon bezlar, ovoz naychalari zararlanadi. Keltirib chiqaradigan omillar:

  • tamaki
  • alkogol' ichimligi
  • vitamin yetishmovchiligi
  • infeksiyalar
  • immun tanqisligi
  • turli xil kimyoviy moddalar

Kasallikni belgilari:

  • davolab bo‘lmaydigan yara
  • xirillagan va dag‘al ovoz
  • aniq nutqning buzilishi
  • yo‘tal
  • quloq og‘rig‘i
  • tomoq og‘rig‘i
  • tasodifiy vazn yo‘qotish
  • ishtaxasizlik
  • og‘riq

Tekshirish usullari:

  • ko‘rik
  • anamnez
  • MRT, KT, PET
  • biopsiya orqali tekshirish
  • qon taxlilari

Davolash shifokor maslaxati orqali olib boriladi.

Karlik

Mutlaqo eshitmaslik yoki so‘zlarni aniq darajada aniqlay olmasligi. Kasallik tug‘ma va ortirilgan turlari farqlanadi.

Tug‘ma karlikda bola tug‘ilayotganida quloq nervining zararlanishi yoki onaning irsiy moyilligi borligi, xomiladorlik payitida turli xil infeksion kasallar bilan kasallanishi sabab bo‘ladi.

Ortirilgan karlik o‘rta va ichki quloq, eshitish nervi, bosh miya eshituv markazining yallig‘lanishi, travmalar sabab bo‘lishi mumkin.

Davolash kasallikni turiga qarab turib olib boriladi operativ (Kohlear implantasiya) yoki dori darmonlar bilan.

Og’iz bo’shlig’I saratoni

Og’iz saratoni dunyo bo’yicha ko’p uchrab turadigan kasallik hisoblanadi. Kasallik yoshi kata bo’lgan erkaklarda uchraydi, saraton og’izning milkda, lunjda, lablarda, bodomsimon bezlarda, tilda hosil bo’lishi mumkin. Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablarga:

  • nikotin
  • ruh moddasi
  • irsiy moyillik
  • alkogol ichimliklarini suistemol qilish
  • uzoq vaqt quyoshda qolish
  • kuchli stress holati
  • va aniqlanmagan boshqa sabablar

Kasallikni belgilari:

  • og’iz bo’shlig’ida oq dog’lar
  • quloq og’rig’i
  • og’izdagi og’riq
  • yutish qiyinlashishi
  • qiyin nafas olish
  • tufikni ko’payishi
  • vazn yoqotish
  • bo’yinda shish
  • tishlarni tushishi

Tekshirish usullari:

  • og’z bo’shlig’ini to’liq ko’rib chiqish
  • biopsiya tekshirish usuli              
  • nazofaringoskopiya
  • UTT,KT,MRT, PET
  • sintigrafiya

Davolash vrach ko’rigidan keyin uning maslahatiga muvofiq olib boriladi.

workplace
workplace
workplace
workplace
workplace
workplace
Testimonal
workplace
Lorem Lorem Lorem Lorem Lorem
Doctor

Lorem Lorem Lorem Lorem Lorem

workplace
Lorem Lorem Lorem Lorem Lorem
Doctor

Lorem Lorem Lorem Lorem Lorem

Get free Consultancyor Call +998 91 137-37-99
×
Get free Consultancyor Call +998 91 137-37-99