×
Заболевание: Ko’z kasalliklari
Общая информация

Ko’z eng muxim a’zolardan biri xisoblanadi, u qurish funksiyasini bajaradi. Кo’z quyidagi qismlardan iborat:

  • muguz parda –juda tinik bulib u rangdor parda va qorachiqni qoplab turadi
  • kon’yuktiva-ko’z soqqasini qoplab turuvchi yupqa parda
  • qorachik
  • yosh bezi
  • rangdor parda
  • yosh yo’li
  • nerv tolalari, qon tomirlar, mushaklar

Ko’zni ximoya qiluvchi organlar – kiprik, qovoq, qosh, ko’z kosasi. Ko’zda ham boshqa organlar singari o’zining kasalliklari uchrab turadi, masalan ulardan ayrimlarini ko’rib tanishib chikamiz.

  • ko’z nervini nevriti             
  • surunkali tashqi oftal’moplegiya
  • retinoblastoma
  • pigmentli retinit
  • al’benizm
  • astigmatizm
  • binokulyar ko’rish
  • blefarit
  • miopiya
  • tug’ma glaucoma
  • tug’ma katarakta
  • ko’z gerpesi
  • dakrociscit
  • iridociklit
  • keratit
  • g’ilaylik
  • ko’rlik

 

Ko’z kasalliklarini umumiy belgilari:

  • og’riq
  • yallig’lanish
  • qizarish
  • yosh oqib turishi
  • ko’rishni hiralashishi
  • yiring oqishi

Ko’z kasalliklarini umumiy diagnostikasi:

  • ko’rik
  • anamnez yig’ish
  • vizometriya 
  • aftorefraktometriya
  • tonometriya
  • ultratovush tekshiruvi
  • keratotopografiya
  • pahimetriya

Ko’zdagi zarrani qanday olish kerak

Ko’ziga zarra tushgan odam ko’zini yumib chap, o’ng baland va past tomonga qarasin yoki siz uning ko’zini ochib turganingizda baland va pastga qarasin. Bunda ko’z ko’p yosh chiqaradi va ko’pincha kipriklar o’z o’zidan chiqib ketadi. Kir va qum zarrasini chiqarish uchun ko’zingizni toza suv bilan yuving. Agar kir zarrasi yuqori qovog’ingiz ostida bo’lsa, qovoqni ingichka cho’p ustiga ag’dariladi va siz shunday qilganingizda odam pastga qarab tursin. Ushbu zarracha ko’pincha qovoq qirg’og’idagi kichik tarnovchada bo’ladi, uni toza latta bilan olib tashlang. Agarsiz zarrani osonlikcha olib tashlay olmasangiz ,maxsus ko’z uchun ishlatiladigan antibiotik mazidan ko’zga quyib, tibbiy yordamga qo’ng’iroq qilling.

Glaukoma

Yurtimizda ko’p uchrab turadigan kasallardan yana biri bu Glaukoma kasalligidir.

Glaukoma- ko’z ichki bosimini ortishidan kelib chiqadi. U ko’pincha 40 dan oshgan odamlarda uchraydi va odatda ko’rlikka olib kelish extimoli kuchli. Ko’rlikni oldini olish uchun glaukoma belgilarini vaqtida bilib, tez tibbiy yordam chaqirish kerak.

O’tkir glaukoma- bu bosh yoki kozda birdan qattiq og’rik turishi bilan boshlanadi. Ko’z qizarib, xiralashadi. Ko’z soqqasiga tegilganda marmardek qattiq bo’lib seziladi. Og’riyotgan ko’zning qorachig’i sog’lom ko’z qorachig’iga nisbatan kattaroq bo’ladi. Bunday xolatlarda tez tibbiy yordamga murojat qilish kerak.

Surunkali glaukoma-ko’z bosimi sekin asta ko’tariladi. Kasallik yon tomonni yaxshi ko’ra olmaslik bilan boshlanadi, ko’rish asta yomonlashadi. Yon atrofni ko’rishni tekshirish yo’li bilan kasallikni bilib olish mumkin.

Bundan tashqari ko’zni travmalari xam uchrab turadi bu xolatlarda tez tibbiy yordam ko’rsatish kerak va mutaxasislarga tezda murojat kilish kerak.

Xozirgi kund ko’z kasalliklarini tez aniqlash va zamonaviy usullarda davolash rivojlangan.

  • aloqasiz tanometriya-glaukomani erta tashxislash aparati
  • kompyuter perimetriyasi - tur pardasi va optik asab patologiyasida kurish maydonlarini aniklash
  • jarroxlik uskunalari
  • avtorefraktokeratometriya - miopiya, astigmatizm, gipermetropiya kasalliklarini aniklashda yordam beradi. 
  • Biomikroskopiya  -bu yoriq chiroq yerdamida ko’zni tekshirish
  • Gonioskopiya - shox parda orqasida yashiringan oldingi kamerani burchagini tekshirish

Retinablastoma

Retinablastoma- kasallik saratonning bir turi xisoblanadi. U yosh bolalarda uchraydi, agar kasallikka erta tashxis qo‘yilsa davolash choralari samara beradi va tuzalib ketish extimoli yuqori. Kasallikni eng asosiy belgisi bu "mushuk ko‘zining refleksi" deb ataladigan ko‘z qorachig‘ining oqarishi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari yana, ko‘zda og‘riq, ko‘rishning pasayishi kuzatiladi.

Sababchi omillar

  • irsiy moyillik
  • xomiladorlikda toksik ta'sirla, infeksion kasalliklar

Davolash mutaxasis tavsiyasi bilan olib boriladi.

 

Katarakta

Kasallik - ko‘z gavxarining xiralashishi. Kataraktaning ikki xil turi kuzatiladi tug‘ma va ortirilgan turlari bo‘ladi.

Tug‘ma katarakta ona xomiladorlik payitida turli xil omillarning ta'sirida, ya'ni onaning turli infeksion kasalliklari, streslar, irsiy kasalliklar, vitami tishmovchiligi sabab bo‘lishi mumkin. Kasallikni erta aniqlash shifokor nazoratida doimiy turgan bemorlarda aniqlash mumkin.

Ortirilgan katarakta - qarilarda, travmalarda va boshqa ko‘z kasalliklarining asorati tufayli kelib chiqadi. Kasallikni ilk belgisi narsalarni ikkilanib ko‘rishi, ko‘z oldida mayda qora dog‘lar xosil bo‘lishi, ko‘rishning xiralashishi, yorug‘likka bo‘lgan sezuvchanlikning yuqori bo‘lishi.

Tekshirish usullari:

  • viziometriya
  • perimetriya
  • yorug‘likni sezish testlari
  • tonometriya
  • biomikroskopiya
  • oftol'moskopiya

Davolash mutaxasis ko‘rigidan so‘ng amalga oshrilishi shart.

Diabetik retinopatiya

Diabetik retinopatiya - ko'rlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Diabetik retinopatiyaning tarqalishi va rivojlanishiga ta'sir qiluvchi asosiy xavf omillari diabetning davomiyligi va turi, uning asorati va qon bosimi darajasi, shuningdek buyraklar bilan ham bog’liq

Diabetik retinopatiyaning quyidagi asosiy shakl-bosqichlari bor:

  • proliferativ bo'lmagan retinopatiya;
  • preproliferativ retinopatiya;
  • proliferativ retinopatiya

Proliferativ bo'lmagan retinopatiya - ushbu bosqichda mikroanevrizmalar, qon ketish, "qattiq" transsudatlar va "paxtaga o'xshash" o'choqlar aniqlanadi.

Proliferativ bo'lmagan retinopatiyaning eng muhim elementi bu to’r parda shishi. Kasallik makula mintaqasida joylashsa , ko'rish keskinligining sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin.

Preproliferativ retinopatiya. Jarayonning ushbu bosqichida ishemiyaning kuchayishi venada patologik o'zgarishlarga olib keladi .Bu o`zgarishlar (kengayish, tortishish,  qon tomir ekssudatllari), mikrovaskulyar anomaliyalar, "paxtaga o'xshash" ko'plab o'choqlar va ko'plab retinal qonashlar kuzatiladi.

Davolash:

  • qandli diabetning barqaror kompensatsiyasini davolash
  • qon bosimini normallashtirish
  • modda almashuvini - dislipidemiyani tuzatish;
  • to`r parda shikastlanishini davolash (dori-darmon, lazer va jarrohlik).

 

To`r parda ko`chishi

To’r parda neyrosensor va pigment qatlamlaridan iborat. Ushbu qatlamlar orasidagi zich yopishish faqat tishsimon chiziq va ko’ruv nervi diski sohasida mavjud. Bu ikki qatlam polisaxarid kompleksi orqali, shuningdek, xorioidga suyuqlik ionlarnining osmotik bosimi orqali bir biriga yopishib turadi. To’r parda ko`chishida neyrosensor qismi pigment epiteliyasidan ajraladi. Ko'pincha to’r parda ko`chishi 55 dan 75 yoshgacha bo'lgan odamlarda rivojlanadi.

Klinik ko`rinishi to’r parda ko`chishi simptomatologiyasi uning joylashishi va ko'lamiga bog'liq.

  • markaziy ko`chishi ko'rish qobiliyatining keskin pasayishi bilan birga keladi. Bemorlar ko'zning to'r pardasi ajratilgan sohasiga mos keladigan qora parda yoki soyadan shikoyat qiladilar.
  • to'r parda ko`chishi to’r pardaning chetida va ayniqsa uning pastki qismlarida bo`lsa bir necha yillar davomida simptomlar paydo bo'lmasligi mumkin.

Davolash:

  • Ko'zning retmatogen ko`chishini davolash transkleral kriopeksiya yordamida to’r parda yorilishni blokirovka qilishga qaratilgan.
  • Traksion to`r parda ko`chishida davolash traksiyani oldindan orqaga tortishga mo`ljallangan
  • Ekssudativ to`r parda ko`chishini davolash etiologik mexanizmga asoslangan (Yallig’lanish davolash va o`smani olish).

G’laylik

G’ilaylik - Strabizmus (strabismus) - bir ko'zning umumiy fiksatsiya nuqtasidan og'ishi (og'ishi).

Strabizmus burchagi - bu bir ko'zning nigoh o'qi bir nuqtaga qadalganda, juft ko'zning nigoh o'qidan og'ishi.

  • Birlamchi og'ish burchagi - ko'zning qiyshayish burchagi. Uni o'lchash uchun bemordan nigohini biron bir narsaga qaratishlari so'raladi, shunda bir ko'z boshqa tomonga og’ishadi.
  • Ikkilamchi og'ish burchagi – to`gri ko'zning o`z o'qidan og'ish hajmi. Normal ko'zni yopib qarasa bemor qiyshiq ko`z bilan to`gri qaraydi, ya'ni, birlamchi og'ish burchagi "yo'qoladi" va ikkinchi darajali og'ish burchagi paydo bo'ladi.

Eng oddiy usul - Girshbergga ko'ra strabizm burchagini aniqlash. Shifokor bemorning qarshisida 35-40 sm masofada oftalmoskopik ko'zgu orqali yorug'lik refleksining shox parda o`rtasidagi qorachiq holatini, avval bittasini, so'ngra boshqasini kuzatadi.

Ko'z olmasining normal holatini saqlab turganda, refleks nuqtasi deyarli shox pardaning markaziga qorachiqning o`rtasiga to'g'ri keladi. Strabizm bo'lsa, u markazdan uzoqlashadi. 

G’ilayliklar klassifikatsiyasi:

  • O`tkinchi g’ilaylik - ko`rish burchak o`qi 3-4 dan oshsa, xayoliy strabizm hosil bo'ladi. Bunda binokulyar ko'rish buzilmaydi, shuning uchun bu o`tkinchi g’ilaylikni davolash shart emas.
  • Yashirin g’ilaylik – ko’zni harakatlantiruvchi mushaklarning binokulyar ko`rish refleksi nomutanosibligi bilan yuzaga keladi. Tashxis binokulyar ko'rish uchun zarur bo'lgan ko'zni aniqlash uchun qo`llaniladi. Bemordan obyektni ikki ko'z bilan ko`rish so'raladi, shundan keyin shifokor bir ko'zni qo'llari bilan yopadi. Geteroforiyada ko'z kuchli muskulli tomonga qiyshayadi. Shifokor qo`lini olganda ko`z oldingi holatiga silkinib -harakat qilib qaytadi. Ortoforiyada esa bunday silkinib harakat qilmaydi. Ko'zgu orqali yorug'lik refleksining shox parda – qorachiq holatini, avval bir ko`zda , so'ngra boshqa ko`zda kuzatadi.
  • Ko'rinib turgan g’ilaylik –kuchli geteroforiya bilan rivojlanadi va binokulyar ko'rishning buzilishi bilan birga keladi.
  • Hamkor g’ilaylik -Hamkor g’ilaylik yosh bolalarning 2-3 foizida uchraydi. Hamkor ko'rish qobiliyati shakllantirishning iloji bo'lmaganda, hamkor g’ilaylik rivojlanadi.

Sabablari:

  • bitta yoki ikkala ko'zning ko'rish keskinligi 0,3 dan past bo`lsa;
  • anizeikoniya – anizometropiya tufayli ikki ko'z to'r pardasida ikki xil tasvir ko`rish bo`lsa
  • konvergensiya va akkomodatsiyaning nomutanosibligi bo`lsa;
  • ko'z harakatlarini muvofiqlashtirish va nigoh birligining buzilishi bo`lsa
  • fuziiya refleksining pasayishi (miyaning ko’zdan kelgan tasvirni qabul qilish qobiliyati yoqolishi).

Tasniflash:

Hamkor g’ilaylikning quyidagi xillari bor:

  1. Akkomodatsiyali,
  2. noakkomodatsiyali
  3. aralash
  • yo'nalishi bo'yicha, ichkariga (ko'z boshqa ko'zga nisbatan, ya'ni ichkariga- medial), tashqariga(ko'z ko'zdan tashqariga- lateral) va vertikal g’ilayliklarga bo`linadi
  • G’ilaylik monolateral, bir tomonlama (bir ko'z har doim bir nuqtaga fiksatsiyalangan)
  • G’ilaylik o'zgaruvchan -alternativ (bir yoki boshqa ko'z fiksatsiya nuqtasidan o'zgarib tursa) bo`ladi.

Klinik ko`rinish

Hamkor g’ilaylik belgilari quyidagilar:

  • ko'zning harakatlanishi to`liq;
  • birlamchi va ikkilamchi og'ish burchaklari teng;
  • Binokulyar ko'rish buzilganda ikkita ko'rish (diplopiya) yo'qligi.

Akkomodatsiyali g’ilaylikda - ikkala ko'z akkomodatsiyalarining nomutanosibligi oqibatida kelib chiqadi va odatda 2-3 yoshli bolalarda paydo bo'ladi. Bu hamkor g’ilayliklarning eng keng tarqalgan turi. Akkomodatsiya buzilishi bemor yoshining refraksiyasiga mos kelmasligida ham buziladi: yuqori gipermetropiya haddan tashqari ko`payishiga, miopiya esa kamayishi orqali akkomodatsiya buzilishiga olib keladi. Xira ko`radigan ko'z ko`rishi yanada tormozlasha boshlaydi.

Noakkomodatsiyali g’ilaylik

Ko’zni harakatlantiruvchi mushaklarning parezi tufayli yuzaga keladi. Bu bola ona qornidaligida va keyingi 1 yosh paytida paydo bo`ladi.

Qisman akkomodatsion - g’ilaylik akkomodatsiya buzilishi va ko’zni harakatlantiruvchi mushaklarning parezi bilan bog'liq. Bu noakkomodatsiyali g’ilaylik jarrohlik davolanishdan keyin rivojlanishi mumkin.

Davolash

Hamkor g’ilaylikni davolash binokulyar ko`rishni tiklashga qaratilgan

  • Ko`z olmasi joylashishini to`girlash
  • Ambliopiyani bartaraf qilish
  • Birlamchi va ikkilamchi qochish burchagini to’g’irlash
  • Albatta malakali shifokor maslahati muhim ahamiyatga ega.

workplace
workplace
workplace
workplace
workplace
workplace
Testimonal
workplace
Lorem Lorem Lorem Lorem Lorem
Doctor

Lorem Lorem Lorem Lorem Lorem

workplace
Lorem Lorem Lorem Lorem Lorem
Doctor

Lorem Lorem Lorem Lorem Lorem

Get free Consultancyor Call +998 91 137-37-99
×
Get free Consultancyor Call +998 91 137-37-99